Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya mudofaa vaziri Putinning yangi qurol haqidagi bayonotini tahdid deb atadi
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Federal yig‘inga murojaatida eng yangi qurol tizimlari haqidagi bayonotini “turmush tarzimizga tahdid” deb atadi.
Putin 1 mart kuni parlamentga murojaatida Rossiyada yaratilgan eng yangi strategik qurollar haqida ma'lumot berib o‘tgan.
“Biz turmush tarzimizga kuchayayotgan tahdidni ko‘rmoqdamiz va voqealarning bunday rivojlanishi himoyamizni aslo bo‘shashtirmasligimiz kerakligini yana bir bor eslatadi”, deb aytgan Uilyamson. Uning ta'kidlashicha, Rossiya “eskalatsiya va ig‘vo yo‘lini” tanladi.
Putin o‘z nutqida Rossiyaning strategik yadroviy kuchlari tarkibiga 80 ta yangi qit'alararo ballistik raketa, 102 ta suv osti ballistik raketasi va strategik maqsaddagi uchta suv osti raketa kreyseri “Borey” kirganini ma'lum qilgan. Putinning aytishicha, Rossiya parvozning ballistik trayektoriyasini qo‘llamaydigan va shu sababli raketalarga qarshi mudofaa tizimi tomondan urib tushira olinmaydigan strategik qurollarni yaratishni boshlagan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025