Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay hukumati shahardagi barchadan DNK namunalarini oladi
Dubay hukumati shahar aholisi sog‘lig‘ini uzoq muddat davomida yaxshilash bo‘yicha loyihani amalga oshiradi. Bunda Dubayda yashovchi uch million kishining DNK namunalarini olish va genomlar ma'lumot bazasini shakllantirish rejalashtirilgan.
Tashabbus yaqin 10 yil ichida standartga aylanishi taxmin qilinayotgan texnologiyani tezroq tatbiq etishga yo‘naltirilgan Dubai 10X loyihasi bir qismiga aylandi.
Dubay sog‘liq assotsiatsiyasi genetik tadqiqotlar jarayonida inqilob qilmoqchi. Olimlar genomlar ma'lumotini tahlil qiluvchi va ularni qandaydir kasallikdan aziyat chekkan yoki virusni yuqtirib olganlar bilan solishtiruvchi sun'iy idrokdan foydalanishadi. Ma'lumotlar bir-biriga mos kelganida, bemorga to sog‘liq bilan muammolar paydo bo‘lgunga qadar yordam ko‘rsatish mo‘ljallangan. Ta'kidlanishicha, dastur hattoki Birlashgan Arab Amirliklari fuqarosi bo‘lmaganlarga ham aloqador bo‘ladi.
So‘nggi bosqichda loyiha Dubayni genom tibbiyoti yetakchisiga aylanitirishi kerak: shahar farmatsevtika kompaniyalari bilan genetik kasalliklarni davolash va xastaliklarning oldini olish uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi, shu tariqa xatar guruhidagi odamlar hayot tarziga ham ta'sir ko‘rsatiladi.
Loyihaning birinchi bosqichi yaqin ikki yil ichida boshlanadi. Shu vaqt davomida shaharda DNK namunalari yig‘iladi va laboratoriya quriladi. Bu ma'lumotlarni himoya qilish masalasi qanday hal etilishi noma'lum bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
18:26 / 16.05.2025
Olimlar og‘ir bemor chaqaloq hayotini DNK tahriri orqali saqlab qoldi
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
11:03 / 26.03.2025