Prezidentning Tojikistonga tashrifi vaqtida chegara bo‘yicha kelishuv imzolanadi

Foto: jahonnamo.tj
24 fevral – 1 mart kunlari Toshkent shahrida Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu yilning 24 fevral kuni Farg‘ona shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi qo‘shma majlisi Bayonnomasi ijrosi doirasida ishchi guruhlari tomonidan O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi shartnoma loyihasiga ilovalar tayyorlandi.
Ushbu hujjat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bo‘lajak davlat tashrifi davomida imzolanishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti 9-10 mart kunlarida qo‘shni respublikaga tashrifni amalga oshiradi.
Mavzuga oid

10:55 / 06.05.2025
Chegarada ushlab qolingan madaniy boyliklar summasi ma’lum qilindi

16:52 / 29.04.2025
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani tikanli simlar bilan to‘sishni boshladi

18:28 / 08.04.2025
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi

16:31 / 08.04.2025