Jahon | 00:25 / 02.03.2018
21412
2 daqiqa o‘qiladi

O‘lim yoqasida turgan xitoylik o‘ziga e'tibor qaratish uchun pullarini socha boshladi

Foto: REUTERS / KIM KYUNG-HOON

Xitoyda ko‘chada yurak xurujidan o‘lishiga bir baxya qolgan erkak yordam berishlari ilinjida yon-atrofdagilarning e'tiborini jalb qilish maqsadida antiqa yo‘l tutdi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda.

Shitszyachjuan shahrida poyezdga shoshayotgan Li ismli bu erkakda temir yo‘l stansiyasiga bir necha metr qolganda yurak xuruji yuz bergan. Erkak yerga yiqilib tushgan. Uni yo‘tal tutib, hech kimni yordamga chaqira ham olmagan, dorilari idishini ham ocha olmagan. Yon-atrofdagilar esa o‘zlariga to‘xtashni lozim topmaganlar. Shunda erkak e'tibor jalb qilish uchun yonidagi pullarini uloqtira boshlagan. Erkakning bu ishi foyda bergan va uning bunday noodatiy xatti-harakatiga ko‘chani patrul qilayotgan politsiyachi e'tibor qaratgan.

“Dastlab men uni shunchaki mast deb o‘yladim. Yaqinroq kelibgina vaziyat qanchalik jiddiyligini ko‘rdim”, deb eslagan voqeani politsiyachi.

Politsiyachi erkak yiqilishidan oldin ryukzagini titkilayotganini ko‘rgan. U erkakka dorisini qabul qilishda yordam berib, zudlik bilan shifokorlarni chaqirtirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid