Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayiq va yo‘lbarsning beayov olishuvi tasvirga olindi (video)
Hindistonda safari vaqtida yo‘lbars va yalqov ayiqning olishuvi tasvirga olindi.
Rolik 28 fevralda Maxarashtra shtatida tasvirga olingan. Tabiatshunos Akshay Kumarning NDTV telekanaliga ma'lum qilishicha, olishuvni Matkasur laqabli 7 yoshli yo‘lbars boshlagan. U suv ichgani kelgan urg‘ochi ayiq va uning bolasiga hamla qilgan.
“Yo‘lbars ayiqqa 5 daqiqadan ko‘proq hujum qilgan. U ayiqning ortidan qolmagan, ayiq esa bolasini himoya qilish uchun unga tashlangan”, deb aytib bergan voqeani Kumar.
Ayiq o‘z bolasini himoya qilish uchun yo‘lbars bilan olishishga majbur bo‘lgan. Yo‘lbars ayiqni yiqitib, anchagacha uni qo‘yib yubormagan. Biroq ayiq yo‘lbarsga nisbatan kuchsizroqligiga qaramasdan, olishuvda g‘olib chiqqan va yo‘lbarsni qochishga majbur qilgan.
Ikkala jonzot ham jarohatlar olgan, biroq tirik qolgan. Ayiq bola esa beshikast qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025