Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida birinchi ayollar marafoni o‘tkaziladi
Saudiya Arabistoni hukumati mamlakat tarixida birinchi ayollar marafonini o‘tkazishga ruxsat berdi, u 2018 yilning aprel oyida Makka shahridagi yopiq inshootda bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda TASS.
«Biz birinchi marafonda ko‘proq ayollar ishtirok etishi uchun qo‘limizdan kelgan barchasini qilamiz. Bu juda katta mas'uliyat», - deya ma'lum qildi marafon bo‘lib o‘tadigan inshootga egalik qiluvchi «Al-Vahda» klubi prezidenti Ahmad Tayib.
Ta'kidlanishicha, marafonda yoshi 18 dan katta bo‘lgan ayollar ishtirok etishi mumkin. G‘olib va sovrindorlarga sovg‘alar topshiriladi.
Ochiq osmon ostida birinchi to‘laqonli ayollar marafoni 2019 yilda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025