Suriya kurdlari 59 nafar turkiyalik harbiy halok bo‘lgani haqida ma'lum qildi

Foto: ANF News
«Suriya demokratik kuchlari» (SDF) Suriya shimolidagi Radjo shahri yaqinidagi janglar vaqtida 59 nafar turkiyalik askar halok bo‘lgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda ANF News xabar tarqatmoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, janglar Beydanli va Hadj-Xalilda, shuningdek Meydanki to‘g‘oni yaqinida davom etmoqda.
20 yanvar kuni Turkiya Qurolli kuchlari bosh shtabi Suriya shimolidagi Afrin hududidagi kurd harbiy bo‘linmalariga qarshi «Zaytun novdasi» nomli harbiy amaliyot boshlagani haqida e'lon qilgandi. Fevral oyida Suriya hukumati harbiylari ham shahar himoyasi uchun jangga kirishgani ma'lum bo‘ldi, ammo suriyalik harbiylar Turkiya zarbalari ostida chekindi.
Mavzuga oid

12:44
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?

16:44 / 02.05.2025
«Damashqqa aniq signal». Isroil Suriya poytaxtiga zarba yo‘lladi

17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV

20:28 / 24.04.2025