Sport | 15:20 / 04.03.2018
6725
2 daqiqa o‘qiladi

Tennis turnirida boshpanasiz itlar «bolboylar» rolini bajardi

Foto: GW Comunicacao

Brasil Open turniri tashkilotchilari "bolboylar" o‘rniga boshpanasiz itlarni o‘yinga jalb qilishdi - ular tennischilarga mashg‘ulotlar vaqtida yordam berishdi. 

Hozir musobaqalarda olti it "ishlamoqda" - Duda, Gabriel, Bobbi, Mel, Kika va Tor. Mazkur g‘oyaning mohiyati boshpanasiz itlarga e'tibor qaratish va ularni boshpanali qilish. 

"Bu itlarning hayoti oson kechmagan, biroq biz ularning o‘tmishini emas, ularning hozir va kelajakda qanchalik foydali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqchimiz", - deydi aksiya homiysi Madalena Spinazol. 

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, ularning qaysi zotga tegishli ekani yoki necha yoshdaligi ahamiyatsiz. Ularga g‘amxo‘rlik qilib, yaxshi ovqatlantirilsa, yaxshi hamroh bo‘lishadi. U itlar bilan o‘ynash va yangi xatti-harakatlarga o‘rgatish mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Foto: GW Comunicacao

Ta'kidlash joizki, mazkur aksiya uchinchi marta o‘tkazilishi. O‘tgan yili olti itdan to‘rttasi boshpanali bo‘lgandi. 

Mavzuga oid