Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad: AQSh koalitsiyasi IShIDning harbiy-havo kuchlaridir
Sharqiy G‘utada istiqomat qiluvchilarning aksari ko‘chib ketishni xohlayotgani bois, terrorchilarga qarshi amaliyotlar davom ettiriladi. SAR rahbari Bashar Al Asad Eron TIV vaziri o‘rinbosari Husayn Jabariy Ansoriyni qabul qilar ekan, shunday bayonot berdi.
"G‘utadagilarning ko‘pchiligi terrorchilar qurshovidan chiqib ketishni xohlayapti. Shu boisdan ham terrorchilarga qarshi amaliyotlar davom ettiriladi hamda fuqarolarning davlat nazoratida bo‘lgan hududlarga chiqish imkoni taqdim etiladi", — deya Asad so‘zlarini keltiradi Suriyaning SANA milliy axborot agentligi.
U AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya IShID, "Jabhat an Nusra" va boshqa terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlamoqda, degan fikrni ham bildirdi.
"G‘arb koalitsiyasi IShID uchun harbiy-havo kuchlaridir. Bu koalitsiya IShID, "Jabhat an Nusra" va boshqa terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlamoqda", — deya qayd etgan Asad. Bundan tashqari, Suriya yetakchisiga ko‘ra, G‘arb mamlakatlari kimyoviy qurol so‘zidan Suriya qo‘shinlariga zarba berishdan foydalanmoqda.
Davlat rahbari Suriya xalq himoyachilarining Afringa kelishini ham tabiiy deb baholadi.
"Afringa xalq himoya guruhlarining kiritilishi, tashqaridan bosqinchilik bo‘layotgan bir vaqtda odatiy holdir. Suriya armiyasi boshqa hududlarda terrorchilarga qarshi kurashayotgan bir vaqtda, jamiyatning turli qatlamlari birlashishi tabiiydir", — degan Asad.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025