Jahon | 16:54 / 05.03.2018
24020
2 daqiqa o‘qiladi

Saddam Husaynning qizi Iroq hukumatini sudga beradi

Foto: AP Photo

Saddam Husaynning katta qizi Rajad o‘z manfaatlarini xalqaro sudlarda himoya qilish istagida. Uning mol-mulki Iroq hukumati qarori bilan musodara qilingan edi. Bu haqda u Shafaq News portaliga xabar qildi.

"Biz xalqaro sudlarga murojat qilamiz. Yevropa advokatlari xizmatidan foydalanamiz... va amaldagi hukumat tomonidan Iroqning sobiq prezidenti farzandlariga nisbatan noqonuniy qabul qilinayotgan choralarga qarshi arizalar topshiramiz", - degan Rajad. Uning fikricha, yangi sanksiyalar siyosiy kuchlarning may oyida bo‘lajak parlament saylovlaridan avval mashhurligini oshirish bilan izohlash mumkin. 

Iroq hukumati komissiyasi 4 ming 257 kishining ism-sharifi qayd etilgan ro‘yxatni tayyorlagan. Unga Saddam Husayndan tashqari, uning farzandlari, nevaralari, boshqa qarindoshlari, Iroq viloyatlarining qator sobiq hokimlari, davlat xavfsizligi, qurolli kuchlar ofitserlari, prezidentning shaxsiy tansoqchilari, 2003 yili tarqatib yuborilgan Arab sotsialistik tiklanish partiyasi (BAAS) a'zolari kiritilgan. 

Musodara qilinadigan ko‘char va ko‘chmas mol-mulk moliya vazirligi boshqaruviga beriladi, Vazirlar kengashi esa, aktivlarning keyingi taqdirini hal qiladi. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid