"Qalbdan chiqqan so‘z qalbga yetib boradi": Sharq falsafasi durdonalari
Sharq falsafasi Qadimiy Gretsiya falsafasi bilan deyarli bir vaqtda paydo bo‘lgan va u jahon falsafasining yirik sahifasini namoyon qiladi. Bejizga "Sharq masalasi nozik" deb aytishmaydi. Bu hamma narsada o‘z aksini topadi: turmush tarzida, mentalitetda, madaniyatda, ma'naviy qadriyatlarda. Fit4brain.com Sharq falsafasi durdonlari namunalari bilan bo‘lishdi.
- Qalbdan chiqqan so‘z qalbga borib yetadi, shunchaki til uchida aytilgan so‘z esa - quloqdan uyog‘iga o‘tmaydi.
- Qudratli insonga achining — u kuch-quvvatidan mahrum bo‘lishi mumkin; badavlat kishiga achining — u qashshoqqa aylanishi mumkin; olimga achining — u nodonlar orasida ado bo‘ladi.
- Munajjimlik bilan shug‘ullanuvchi inson bid'atchilikka g‘arq bo‘ladi; al-kimyo bilan shug‘ullanuvchi kishi qashshoqlik girdobida qoladi; qonunlar bilan shug‘ullanuvchilar esa yolg‘onlar "yomg‘iri" ostida qoladi.
- Bergan va'dangni ustidan chiqsang, u sening quling hisoblanadi, og‘zingdan chiqqan so‘z esa sening sohibingdir.
- O‘lim — senga qarata uzilgan o‘q, hayot esa - o‘qning sengacha yetib borgan lahzasi.
- Qizarishga moyil kishilarning qalbi qora bo‘lishi mumkin emas.
- Zaif inson ustidan qozonilgan g‘alaba mag‘lubiyatga tengdir.
- Yoqtirmagan kishilarimiz yordamiga muhtoj bo‘lish buyuk baxtsizlikdir.
- Hamma narsaning yorug‘ tomonini ko‘ra biling, agar unday tomoni bo‘lmasa, qorong‘usi yarqiramagunicha arting.
- Baxtsizlarga baxt ulashishdan katta baxt yo‘qdir.
- Siz izlayotgan baxt siz bilan izma-iz yurgan soyangiz kabidir: uning ketidan quvib yeta olmaysiz, undan qochsangiz - u sizning ortingizdan quvadi.
- Ishtaha -birinchi luqma ortidan, nizo esa - birinchi so‘z ortidan keladi.
- Oxir-oqibat bizni xotirjamlik sari yetaklovchi tashvish yaxshi tashvishdir.
- Bir o‘q bilan ikki quyonni qulatib bo‘lmaydi.
- Yo‘lingizdan toshlarni olib tashlovchi kishini haqiqiy do‘st deb biling.
- Ertalab quyosh chiqqanida uning nurlari sizgacha yetib borishiga imkon bering.
- Muloqotdan so‘ng qalbingizni yorug‘lik va zavqqa to‘ldiruvchi insonlarni ardoqlang.
- Yillar hukmini o‘tkaza olmaydigan go‘zallik bor, bu qalb go‘zalligidir.
- Biz o‘zimiz oziqlantiruvchi narsalargina hosil beradi, tabiatning mangu qonuni shunday.
Tavsiya etamiz
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Mavzuga oid

08:25 / 24.01.2024
“Sharq” nashriyoti binolari buzilmaydi, tarixiy qiyofasi saqlab qolinadi – mas’ullar

09:22 / 22.11.2022
Ikigai - yashash uchun sabab. Siz o‘z ikigai’ngizni topdingizmi?

13:09 / 07.04.2022
«Aql va tafakkur uyg‘oq turishi uchun ham jamiyatga tanqidiy fikrlar kerak» - Viktor Alimasov so‘z erkinligi haqida

21:33 / 04.04.2022