Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rajab Erdo‘g‘an O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Joriy yilning may oyida Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga ikki kunlik tashrifi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi ma'lum qildi.
«Ayni paytda tashrif tafsilotlari oshkor etilmaydi. Prezident Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga ikki kunlik tashrifi may oyida o‘tkazilishi nazarda tutilgan bo‘lib, ushbu masala rejaga kiritilgan», deyiladi manba xabarida.
Ma'lumot uchun, 2016 yil noyabr oyida Samarqandga tashrif buyurgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an «ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlar tarixida yangi sahifa» ochilgani haqida so‘z yuritgandi. 2017 yil 25-26 oktabr kunlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Anqara va Istanbul shaharlarida bo‘ldi. Unda ikki davlat rahbarlari munosabatlarni yangi Strategik hamkorlik darajasiga olib chiqishga ko‘maklashuvchi Qo‘shma bayonotni imzolagandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025