Jahon | 18:53 / 06.03.2018
30127
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada bortida 32 kishi bo‘lgan Rossiya samolyoti quladi

Foto: RIA "Novosti"

Suriyadagi Xmeymim aviabazasiga qo‘nish chog‘ida Rossiyaning An-26 transport samolyoti quladi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga asosan xabar bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 32 kishi halok bo‘lgan – 26 yo‘lovchi va ekipajning olti a'zosi.

Qayd etilishicha, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagiga 500 metr masofa qolganida yerga qulagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid