Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya hukumati tunnellarga sig‘mayotgan poyezdlar tufayli 2 mlrd dollar sarfladi
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati hukumati Janubiy Koreyadan ikki milliard dollarga yangi yo‘lovchi poyezdlariga buyurtma berdi. Koreya transporti smartfonlarni quvvatlantirish uchun stansiyalar va velosipedlar uchun tirgaklar bilan jihozlangan. Biroq bir muammo paydo bo‘ldi: vagonlar hozirgi tunnellar uchun juda keng ekan. Amaldorlar buyurtmani bekor qilmaslik, balki tunnellarni o‘zgartirish va xavfsizlik standartlarini biroz kuchsizlantirishga qaror qilishdi.
Eski poyezdlarning kengligi 2,9 metr bo‘lgan, yangilari esa – 3,1 metr. Shu sababdan standartlarda yozib qo‘yilgan vagonlar va tunnel devorlari o‘rtasidagi masofa minimal darajadan oshib ketdi.
Shtat transport vazirligi 20-asr boshida qurilgan o‘nta tunnelni kengaytirishga qaror qildi. Shuningdek, amaldorlar standartlarning bir qismini kuchsizlantirishdi, ular yangi poyezdlarga Avstraliya temir yo‘llarida paydo bo‘lish imkonini beradi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu transport va yo‘lovchilar xavfsizligiga zarar yetkazmaydi.
Tunnellar modernizatsiyasiga taxminan ikki yil ketadi, ishlar qiymati noma'lum.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
16:33 / 17.05.2025
Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
12:24 / 30.04.2025