Fotoreportaj: Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o‘rtasidagi chegara ochildi
Bugun, 7 mart kuni Surxondaryo viloyati va qo‘shni Tojikistonning Xatlon viloyati o‘rtasidagi «Amuzang» («Hoshadi») chegara postining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning feysbukdagi sahifasida ma'lum qilingan.
«Qo‘shnichilik munosabatlari, do‘stlik rishtalari hamda hamkorlikning yanada mustahkamlanishi, qo‘shni davlatga borish-kelishdagi to‘siqlar, ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berish maqsadida muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o‘rtasidagi «Amuzang» chegara postining rasmiy ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda so‘z olganlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari qadim tarixga ega ekanligi, ushbu xayrli ish kelgusida iqtisodiy, madaniy va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida yangi sahifalar ochishini ta'kidlashdi. Chegara postining ochilishi asrlar davomida qo‘shni yashayotgan, dili va dini bir bo‘lgan, ikki tilda so‘zlovchi bitta xalqni behad quvontirdi», deyilgan xabarnomada.
Tantanali tarzda va do‘stona muhitda o‘tgan marosimlarda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Xatlon viloyati hokimi Davlatsho Gulmaxmadzoda qatnashdi.
Bungacha Samarqand, Jizzax va Namangan viloyatini qo‘shni respublika bilan bog‘lovchi chegara postlarining ochilish marosimlari o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
19:14 / 23.11.2024
Polshalik fermerlar Ukraina bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktini to‘sib qo‘ydi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:53 / 13.11.2024