Gretsiyalik taksichilar Uber’ga qarshi norozilik bildirishdi
Gretsiyalik taksichilar AQShning Uber taksi xizmatiga qarshi namoyishga chiqishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, mahalliy haydovchilar Uber faoliyatini mamlakatga “bostirib kirish” deb atashgan va mahalliy hukumatni Uber va mahalliy Beat taksi xizmatini qo‘llab-quvvatlashda ayblashgan.
Uber 2014 yildan beri bir nechta davlat hukumatlari bilan mojarolashib kelmoqda. Mahalliy taksichilar noroziligi va qonunchilik talablari sababli Uber Tailand, Braziliya, Vetnam va Ispaniyada taqiqlangan.
Uber’ning hukumatlar bilan tortishuvlariga uning haydovchilarida maxsus litsenziyalar yo‘qligi sabab bo‘ladi. Misol uchun, Isroilda Uber yo‘lovchilardan kira haqi olmay, qonunni chetlab o‘tgan: haydovchilar taksi xizmati uchun emas, balki mashina resurslari sarflanganiga pul olganlar.
Mavzuga oid
18:20 / 14.09.2024
Ishchi kuchi kamaydi: Gretsiya demografik falokatga yuz tutmoqda
00:16 / 04.09.2024
Gretsiyada bundan 45 yil oldin cho‘kib ketgan qishloq qurg‘oqchilik sabab yana paydo bo‘ldi
18:32 / 29.08.2024
Gretsiyada mashhur sayyohlik porti yuz minglab o‘lik baliqlar bilan to‘ldi
20:27 / 26.08.2024