Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 65 zobit umrbod qamaldi
Turkiyadagi sud harbiy-dengiz kuchlarining 65 nafar zobitini umrbod ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi. Ular 2016 yildagi davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangandi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, 18 nafar zobitga oddiy umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan bo‘lsa, 47 nafari – saqlash sharoitlari ancha qattiq bo‘lishni nazarda tutuvchi umrbod qamoqqa mahkum etildi.
Turkiyada bir guruh askarlar va zobitlar 2016 yilning 16 iyuliga o‘tar kechasi davlat to‘ntarishiga urinishni amalga oshirdi. Istanbul va Anqarada ro‘y bergan to‘qnashuvlar natijasida 249 kishi halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq odam jabrlandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025