Jamiyat | 02:41 / 09.03.2018
37476
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda kelin qaynotasini pichoqladi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Termiz shahrida 28 fevral kuni soat 14.00larda Guliston mahallasi Mirishkor ko‘chasida yashovchi, uy bekasi, 1987 yilda tug‘ilgan U.X. uyida o‘zaro janjal oqibatida qaynotasi, 1961 yilda tug‘ilgan A.K.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada A.K. kasalxonaga yotqizilgan. U.X. ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid