Jahon | 01:40 / 10.03.2018
7477
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniya Yevropa Ittifoqida mudofaaga yalpi ichki mahsulotga nisbatan eng ko‘p mablag‘ sarflagan 

Foto: Liis Treimann

Estoniyaning yalpi ichki mahsulotga nisbatan mudofaa xarajatlari 2016 yilda Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida eng yuqorisi bo‘ldi. Bu haqda Yevropa statistik agentligi – Yevrostat ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, bu qiymat YaIMning 2,4 foizini tashkil qilgan.

Bu borada Estoniyadan keyingi o‘rinlarni Gretsiya (2,1 foiz) va Buyuk Britaniya (2 foiz) egallagan. Mudofaa xarajatlari Irlandiya (0,3 foiz), Lyuksemburg (0,4 foiz), Avstriya va Maltada (0,6 foiz) eng kam bo‘lgan. Umuman esa Yevropa Ittifoqi bo‘yicha mudofaa xarajatlari YaIMning 1,3 foizini tashkil qilgan.

Estoniyada mudofaa xarajatlari davlat byudjyetining 6 foizini tashkil qilgan va bu qiymat ham Yevropadagi eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Estoniyadan keyingi o‘rinlarni Buyuk Britaniya (4,8 foiz) va Litva (4,6 foiz) egallagan. Bu borada eng past ko‘rsatkichlarni Irlandiya (1,1 foiz), Lyuksemburg (1 foiz) va Avstriya (1,2 foiz) namoyon qilgan.

Mavzuga oid