Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Lasetti” va “Spark” mashmashasi. Toshkentda fuqaroni 146 mln so‘mga chuv tushirib ketishdi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Chilonzor tumanida 2017 yil 14 oktabrda noma'lum shaxs Olmazor tumanida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan S.N.ga “Lasetti” avtomashinasini olib berishini va'da qilib, 90 mln. so‘m pulni va keyinroq “Spark” avtomashinasini olib berishni aytib 56 mln. so‘m pullarini olib, bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ma'lum bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Xayrabod ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1980 yilda tug‘ilgan J.N. sodir etganligi aniqlanib, uni ushlash choralari ko‘rilgan.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025