Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ular endi bizdan aqlliroq: robot Rubik kubigini 0,38 soniyada yig‘a oldi (video)
AQShning Massachusets texnologik instituti talabasi Ben Kats dasturchi Jyered Di Karlo bilan hamkorlikda yaratgan robot Rubik kubigini 0,38 soniyada yig‘a oldi va bu rekord natija bo‘ldi.
Avvalgi jahon rekordi 0,637 soniyani tashkil qilgan va nemis Albert Ber tomonidan yaratilgan Sub1 Reloaded robotiga tegishli bo‘lgan.
Robot ixtirochilari uning bunday hayratlanarli natija qayd qilganini robotni yaratishda “eng yaxshi dvigatellar” qo‘llangani bilan tushuntirishmoqda. Robot boshqotirmani hal qilish uchun kamera tomondan olingan ma'lumotlarni qabul qilib, ularni yurishlar ketma-ketligiga aylantiruvchi maxsus algoritmni qo‘llaydi.
“Biz Amazon’da topish mumkin bo‘lgan eng arzon kubikdan foydalandik, chunki oxir-oqibat natijaga erishish uchun bunday kubiklardan ko‘pini yo‘q qilamiz, deb o‘ylagandik. Biroq hammasi 4 ta kubik va yuzlab yechimlar bilan hal bo‘ldi”, deb aytgan Di Karlo.
Ta'kidlash joizki, tizim dastlab qizil va zarg‘aldoq rang o‘rtasidagi farqni ajrata olmagan, shu sababli ixtirochilar zarg‘aldoq rangli bo‘laklarni qora rangga bo‘yab chiqishgan.
Insonlar orasida ushbu boshqotirmani hal qilish bo‘yicha jahon rekordi amerikalik o‘smir Patrik Ponsga tegishli. O‘smir 15 yoshida 2017 yilda Virjiniyada o‘tgan musobaqada boshqotirmani 4,69 soniyada hal qila olgan.
Mavzuga oid
17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi
00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
11:56 / 06.02.2025