Jahon | 21:00 / 11.03.2018
17627
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda Turkiyaning yo‘lovchi samolyoti falokatga uchradi – OAV

Turkiyaning yo‘lovchi samolyoti Eron g‘arbida falokatga uchradi. Bu haqda Eron fuqarolik aviatsiyasi vakiliga iqtibos keltirgan holda ISNA axborot agentligi xabar berdi

Ma'lum qilinishicha, samolyot BAAning Sharja shahridan Istanbulga uchayotgan bo‘lgan. Falokat Chaxarmaxal va Baxtiyoriya viloyatida yuz bergan. Samolyot yerga urilgach, yonib ketgan.

Voqea joyiga qutqaruvchilar brigadasi yo‘l olgan.

Hozircha boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid