7 yildan beri tanish juftlik 18 yil avvalgi suratda o‘zini topdi
Yetti yil avval Xitoyda tanishgan va keyinchalik oila qurgan juftlik 18 yil avval olingan suratda o‘zini topdi. The Straits Times shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi.
Xitoylik Syue bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i Ye bilan 2011 yilda o‘z vatanida tanishgan. Bir yildan so‘ng ular turmush qurishdi. Juftlik egizak-qizli bo‘ldi va Ye qizlarining ko‘proq kimga o‘xshashini bilish uchun Syuening onasidan ayolining bolalikdagi suratlarini so‘radi.
"Suratlardan birini ko‘zdan kechirayotib, burchakdagi kishini ko‘rib qoldim va "Bu men-ku" dedim", - hikoya qiladi Ye.
2000 yilda Yening ota-onasi tomonidan olingan suratda u Xitoyning Tsindao shahri markazlaridan birida aks etgan. O‘shanda u 17 yoshda bo‘lgan. Xuddi shu suratning orqa fonida boshqa suratkash Syueni olayotganini ko‘rish mumkin. Ular shu surat olingan vaqtdan 11 yil keyin tanishishgan.
Ye ikki suratni ham ijtimoiy tarmoqlarda taqdim etgan va ko‘pchilik ularda juftlik bir-biri uchun yaralganining isbotini ko‘rgan.
Yigit egizak-qizlari ulg‘aygach, ular va turmush o‘rtog‘i bilan birga Tsindaoga borib, "taqdirlar tutashgan joy"ni yana borib ko‘rishni niyat qildi.
Mavzuga oid
21:13 / 12.09.2024
Cherchillning Kanadada o‘g‘irlab ketilgan surati Italiyadan topildi
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023