Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada maydonga qurol bilan chopib chiqqan klub prezidenti qidirilmoqda. Chempionat to‘xtatilishi mumkin
Gretsiyaning PAOK klubi prezidenti Ivan Savvidining AYeK klubiga qarshi o‘yin vaqtida amalga oshirilgan xatti-harakatlari ortidan mamlakat chempionati to‘xtatilishi mumkin.
Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras va Sport vaziri o‘rinbosari Georgis Vassiliadis keyingi tur o‘yinlari o‘tkazilmasligini istashmoqda.
Bundan tashqari, politsiyaga Savvidini va u bilan birga maydonga yugurib chiqqan uning tansoqchilarini hibsga olish uchun order berilgan.
11 mart kuni PAOK va AYeK jamoalari uchrashuvi oxirida hakam mezbonlar jamoasining golini hisobga olmaganidan keyin maydonda katta janjal kelib chiqqandi. Bu tartibsizlik fonida PAOKning xo‘jayini, rossiyalik biznesmen Ivan Savvidi qurol ko‘tarib maydonga tushishi va boshqalarga tahdid qilishi katta rezonans keltirib chiqardi.
Qayd etilishicha, Gretsiya futbol federatsiyasi UYeFA bilan bu masalada hamkorlik qiladi.
Ert.gr nashrining yozishicha, bu voqea tufayli Gretsiya klublari va mamlakat terma jamoasi UYeFA va FIFA doirasidagi barcha turnirlardan chetlatilishi ham mumkin.
Mavzuga oid
16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
15:23 / 01.03.2025
Gretsiyada yirik poyezd avariyasining ikki yilligi munosabati bilan namoyishlar bo‘lib o‘tdi
01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi
15:35 / 27.01.2025