Jahon | 16:24 / 12.03.2018
16707
1 daqiqa o‘qiladi

Hujjat bo‘yicha bo‘sh bo‘lgan vagonlardan 267 mln so‘mlik mahsulotlar topildi – IIV

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida hujjat bo‘yicha bo‘sh bo‘lgan vagonlarda mahsulot borligi aniqlandi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 10 mart kuni viloyat Bojxona boshqarmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 20 fevral kuni soat 13.30larda Bekobod temir yo‘l bekatiga Tojikiston Respublikasidan Qozog‘iston Respublikasiga tranzit ravishda o‘tish uchun kirib kelgan yuk poyezdining yopiq tipdagi bo‘sh vagonlar bojxona ko‘rigidan o‘tayotganida vagon ichidan umumiy qiymati 267.986.000 so‘mlik jami 29.894 dona tamaki mahsulotlari topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid