Jahon | 20:30 / 13.03.2018
32741
3 daqiqa o‘qiladi

5 million dollarga qurish mumkin bo‘lgan ko‘prikka 11 million dollar sarf qilindi. Natija esa ajoyib!

Urugvayda manzarali joylar va ko‘rkam lagunalar (dengizdan ajralib hosil bo‘lgan sayoz ko‘l, ko‘rfazlar) talaygina. Ushbu davlat hududi haqiqatda juda ko‘rkam va jozibador. Albatta, axir Urugvay Atlantika okeani qirg‘oqlarida joylashgan-ku, shunday ekan, u chiroyli bo‘lmasligi mumkin emas!

Urugvaydagi manzarali lagunalardan birining hududida nostandart ko‘prik ochildi. Qoidaga ko‘ra, ko‘priklar to‘g‘ri yo‘nalishda quriladi, bu ko‘prik esa aylana shaklida qurilgan.

Foto: Laguna Garzon Bridge

Xoh ishoning, xoh ishonmang, buyurtmachi (bu holatda esa - hukumat) ushbu ko‘prik qurilishiga 5 million dollar sarflash o‘rniga ikki baravar ko‘p pul to‘lashga qaror qilgan! Bilasizmi, nima uchun? Barchasi odamlar tezkor avtomobillarida bu ajoyib va manzarali maskandan tezda, bee'tibor o‘tib ketmasdan, betakror tabiat, toza havo va oxir-oqibat xavfsiz harakatdan zavq olishlari uchun. 

Foto: Laguna Garzon Bridge

Urugvayning  Maldonado va Rocha departamentlarini birlashtiruvchi ko‘prik qurilishini taniqli me'mor Rafael Vinoli amalga oshirgan.

Mana shunday g‘aroyib usulda original doira shakli daryoni kesib o‘tishda haydovchilarni tezlikni pasaytirish va betakror manzaradan baxra olishga undaydi.

Ko‘prik qurilishi boshlangunga qadar bu yerda parom bo‘lgan. Biroq u bir harakatlanishda faqat ikki avtomobilni olib o‘tishi mumkin edi, bu esa shu yo‘l uchastkasida harakatlanishni qiyinlashtirardi. Bugun yangi ko‘prik bo‘ylab sutkasiga 1000 ga yaqin mashina o‘tadi.

Foto: Laguna Garzon Bridge

«Laguna Garzon Bridge» ko‘prigi doira shaklini hosil qiluvchi ikki yoysimon ko‘prikdan iborat. Tuzilma radiusi 51,5 metrni tashkil qiladi. Darvoqe, ko‘prikda piyodalar o‘tish yo‘lakchalari ham bor.

Ko‘prik qurilishiga 2014 yilning oxirida start berilgan, qurilish bir yildan ortiq davom etgan.

Mavzuga oid