Andijon va Namangan shaharlarida IMZO shourumlari ochildi
Farg‘ona vodiysining ikki shahri aholisi, uzoqqa bormasdan, ya'ni o‘z shaharlarida, IMZO mahsulotlarining assortimenti bilan tanishish hamda sifatli plastik va alyumin deraza va eshiklariga buyurtma qilish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar.
8 mart kuni Namangan va Andijon shaharlarida IMZO energiya tejovchi derazalarining yetakchi ishlab chiqaruvchisining rasmiy shourumlari tantanali ravishda ochildi. Havoga uchirilgan sharlar, qizil yo‘lkalar, karnay-surnay sadolari bayram nafasini yuzaga keltirdi. Bu yerga kelgan mehmonlarda ko‘proq ko‘rgazma zallari va u yerdagi IMZO mahsulotlarining keng tanlovi mavjudligi katta taassurot qoldirdi.
Har bir shourumning maydoni 140 kvadrat metr bo‘lib, bu yerda tayyor mahsulot namunalari: alyumin va plastik profildan yasalgan deraza va eshiklar, fasad tizimlari, surma va buklama tizimlari, rolstavni, seksiyali darvoza, mdf eshiklari va to‘siqlar taqdim qilindi. Tashrif buyurganlar istalgan rangni, tuzilishni tanlashlari va tayyorlashga buyurtmani rasmiylashtirishlari mumkin. IMZO mutaxassislari 24 soat ichida obektga borib, kerakli o‘lchamlarni olishadi. Buyurtma avtomatlashgan fabrikaga yuboriladi, so‘ngra tayyor bo‘lgan mahsulot o‘rnatib beriladi. Barcha bosqichlar qat'iy sifat nazoratidan o‘tadi.
«Shahrimizda energiya tejovchi derazalar sotib olish mumkinligidan juda xursandman. O‘lchash, mahsulotni yetkazib berish va o‘rnatish xizmatlariga pul to‘lamaysiz, chunki IMZO bularni bepul bajaradi», - deydi Andijondagi shourumda qatnashgan ilk tashrifchilardan biri - Rahmon Uteboyev.
Kompaniya dastlabki ikki yil ichida Toshkent bo‘ylab 22 ta shourum ochdi. Joriy yilda butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab shourumlarning ochilishi rejalashtirilmoqda va bu Andijon va Namangandan boshlandi.
Shourum manzillari: Andijon sh., Bobur k., 107-uy,
Mo‘ljal: « Hamkor Business Centre » (+99898 305 02 22)
Namangan sh., Alisher Navoiy k., 18-a uy (+99897 256 00 05)
Ish tartibi: har kuni 8:30 dan 19:30 gacha
Yagona ma'lumot markazi: +99871 2077777
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
11:09 / 08.11.2024