Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask Uchinchi jahon urushida qanday omon qolish mumkinligi haqida so‘zladi
SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask Texas shtatidagi Ostin shahrida o‘tayotgan an'anaviy South by Southwest texnologiyalar va madaniyatlar festivalida Oy va Marsda odamlar yashaydigan stansiyalar Uchinchi jahon urushi vaziyatida insoniyatga sivilizatsiyani tiklashga yordam berishi mumkinligini aytdi.
Maskning aytishicha, Uchinchi jahon urushi yuz bersa, insoniyat uchun “qorong‘i zamonlar” kelishi ehtimoli mavjud.
“Biz qayerdadir insoniyat sivilizatsiyasini tiklash uchun uning yetarlicha namunasi borligiga ishonchimiz komil bo‘lishini istaymiz. Fikrimcha, Yerdagi hayotni tiklash uchun Oy va Marsda stansiyaga ega bo‘lish muhimdir”, deb aytgan Mask.
Maskning ta'kidlashicha, Marsda stansiyaga ega bo‘lish eng yaxshi variant bo‘lar edi.
“Chunki Mars Yerdan ancha yiroqda va u yerdagi bazaning Oydagi bazadan omon qolishi ehtimoli kattaroq”, deb tushuntirgan o‘z fikrini Mask.