«Manchester Siti» Silvaning dubli evaziga navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi
«Manchester Siti» Angliya Premer-ligasining 30-turi doirasidagi uchrashuvda «Stok Siti»ni mag‘lub etdi. Stok-on-Trentdagi «Bet365 — Britannia» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Shaharliklar» 10-daqiqada hisobni ochishdi – yarim himoyachi David Silva o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda ispaniyalik futbolchi dubl qayd etdi.
Xosep Gvardiola jamoasi 30 turdan so‘ng 81 ochko bilan APLda ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda. «Stok Siti» (27) hamon quyi divizionga tushib ketish zonasida qolmoqda.
Stok Siti – Manchester Siti 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 10 Silva, 0:2 – 50 Silva.
Stok Siti – Batlend, Bauer, Zuma, Martins Indi, Stafilidis, Allen, Kemeron (Sobxi, 88), Ndiayye, Shakiri, Xese (Krauch, 63), Shupo-Moting.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Kompani, Otamendi, Zinchenko, de Bryuyne, Fernandino, Silva, Sterling (Bernardu Silva, 85), Gabriel Jyezus (Gyundogan, 90), Sane.
Ogohlantirishlar: Allen (73).
Mavzuga oid
12:28 / 19.09.2024
«Siti» gol urolmadi, «PSJ»ga kulgili gol yordam berdi. YeChLda kun o‘yinlari
14:27 / 21.08.2024
«Siti» 115 ta ayblovdan aybsiz chiqadimi? Bu safar hammasi jiddiy
12:25 / 19.08.2024
«Real» mavsumni yo‘qotish bilan boshladi, «Siti» yarim kuch bilan g‘alabaga erishdi. Kun o‘yinlari
22:42 / 16.08.2024