Sport | 14:12 / 13.03.2018
9742
1 daqiqa o‘qiladi

Pyongchangdagi Paralimpiada rekord o‘rnatdi

Foto: Reuters

Pyongchangdagi paralimpiya o‘yinlari musobaqalarga sotilgan chiptalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Kyodo ma'lumotiga ko‘ra, ayni damga qadar 320 531 chipta sotildi. 316 200 chiptalik rekord ko‘rsatkich 12 mart kuni kechqurun o‘rnatildi. Pyongchang bu ko‘rsatkich bo‘yicha Sochidan ham o‘tib ketdi.

Eng ko‘p tomoshabinlar tashrif buyurgan hodisalar Janubiy Koreyaning aravachalardagi kyorling bo‘yicha o‘yinlari hamda janubiy koreyaliklar va yaponiyaliklar o‘rtasidagi slej-xokkey bo‘yicha uchrashuvga aylandi.

Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimiga 21 ming tomoshabin tashrif buyurdi, bu stadion sig‘imidan 72,5 foizni tashkil etadiyu

Eslatib o‘tamiz, paralimpiya o‘yinlari 18 mart kuni yakuniga yetadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid