O‘zbekiston | 15:49 / 13.03.2018
32343
1 daqiqa o‘qiladi

Telekommunikatsiya sohasidagi qonunbuzarliklar uchun jarimalar ro‘yxati kengaytirilmoqda

Foto: RIA "Novosti"

Vazirlar Mahkamasining 7.03.2018 yildagi «Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 185-son qarori qabul qilindi.

2018 yil 1 iyundan boshlab qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ning yangi miqdorlari amalga kiritilmoqda. Amaldagi miqdorlar ushbu sanadan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi, deb yozmoqda Norma.

Ro‘yxat kengaytirildi. Quyida 1.06.2018 yildan boshlab jarima solinadigan qonunbuzarliklarning joriy etilayotgan turlari ko‘rsatilgan. Masalan, kabel va efir-kabel teleeshittirish, mobil aloqa, ma'lumotlar uzatish tarmog‘i, xalqaro ovozli trafik, telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tomonidan ko‘rsatiluvchi xizmatlar, statistika hisobotini taqdim etish sohasidagi qonunbuzarliklar ro‘yxatga kiritildi.

Hujjat 9.03.2018 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid