Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya rossiyalik 23 diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi
Buyuk Britaniya rossiyalik 23 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda bosh vazir Tereza Mey parlamentdagi eshituvlar davomida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Britaniyaga Skripal ishi bo‘yicha ishonch tug‘dira oladigan javob taqdim etmagan.
Shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashi Toshkent vaqti bilan soat 00.00da Skripal ishi bo‘yicha ochiq yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi xabar bergan.
Yevrokomissiya esa kelasi haftada sobiq razvedkachining zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishi mumkin. Bu haqda Yevropa kengashi raisi Donald Tusk ma'lum qildi.
The Independent nashrining hukumatdagi manbaga asosan xabar berishicha, Mey Rossiyaga «iqtisodiy urush» ham e'lon qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Britaniya TIV rahbari Boris Jonson bilan suhbat chog‘ida Buyuk Britaniyaning GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishida Rossiya izi bor ekaniga oid xavotirlarini to‘la qo‘llab-quvvatlashi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025