Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy Tog‘-kon metallurgiya kombinati «Rosatom»ning ilmiy-tadqiqot instituti bilan Hamkorlik memorandumini imzoladi
Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati («NTMK» DK) va «Rosatom» davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Kimyo-texnologiya yetakchi ilmiy-tadqiqot instituti («VNIIXT» AJ) o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. "VNIIXT" AJ matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Hujjat «VNIIXT»ning Noyob metallar markazi rahbari Yuriy Trubakov hamda «NTMK» DK bosh muhandisi Nikolay Snitka tomonidan imzolandi. Trubakov boshchiligidagi delegatsiya Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatida bo‘lib, tashrif yakunlariga ko‘ra quyidagi fikrlarni bildirdi:
"O‘zbekiston tomon qator texnologiyalarga qiziqish bildirmoqda, «VNIIXT» esa ularni ishlab chiqish uchun barcha kompetensiyalarga ega, - deydi Yuriy Trubakov. - Xususan, Navoiydagi kombinatga noyob yer elementlari asosidagi mahsulotlar - qotishmalar, ligaturlarni olish uchun tegishli texnologiyalar kerak".
O‘zbekistonlik metallurglar va rossiyalik olimlar shuningdek qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishlari mumkin. Xususan, O‘zbekiston profil mutaxassislarga muhtoj, ularni tayyorlash bugungi kunda mamlakat oldidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Ta'kidlash joizki, Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati - dunyoning eng yirik oltin va uran ishlab chiqaruvchilaridan biri.
Mavzuga oid
16:51 / 13.05.2025
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi
16:59 / 26.03.2025
«O‘zatom» va «Rosatom» O‘zbekistonda yirik quvvatli AES qurishni muhokama qildi
19:35 / 06.10.2024
Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkazilmoqda
13:49 / 01.10.2024