Sport | 19:30 / 14.03.2018
14421
2 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» ishtirokidagi o‘yinga talabalar yana majburan olib kirilishi kutilmoqda

Toshkentning «Paxtakor» klubi O‘zbekiston superligasining 3-turida Olmaliqning OGMK jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 18 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

«Tribuna.uz» ma'lumotiga ko‘ra, mazkur uchrashuvda Toshkentdagi ba'zi oliy o‘quv yurtlari talabalir majburan olib kirilishi kutilmoqda. Ayni vaqtda jamoaning Toshkent Kimyo texnologiyalari instituti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga talabalarni o‘yinga jalb qilish bo‘yicha yozgan xatlari tarmoqlarda tarqalmoqda.

Xatda ko‘rsatib o‘tilishicha, stadionga kirish uchun bepul chiptalar tarqatiladi. Tanaffus vaqtida esa o‘sha chiptalardan yutuqli lotereyalar o‘ynaladi. Yutuq sifatida 3 dona televizor va futbol to‘plari qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, stadionga talabalarni olib kirish holati o‘tgan mavsumda ham kuzatilgandi. Eng qiziq tomoni, o‘tgan yili ham «Paxtakor» va «Olmaliq» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga talabalar olib kirilgan, keyinroq rasmiy manbalarda 11067 tomoshabin o‘yinga kirgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid