Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni milliy yadroviy dasturini qabul qildi
Saudiya Arabistoni hukumati 13 mart kuni atom energetikasi sohasidagi milliy dasturni ma'qulladi. Bu haqda qirollik tashqi ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqdagi mikroblogida ma'lum qilgan.
Bu dastur “butun yadroviy faoliyat xalqaro kelishuvlar bilan belgilangan tinchlik maqsadlariga xizmat qilishini” ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, bu hujjatga ko‘ra, Saudiya Arabistoni “atom sohasida ochiq-oydinlik tamoyiliga amal qilmoqchi” hamda “yadroviy xavfsizlik standartlariga mustaqil regulyator talablariga mos ravishda rioya qilmoqchi”. Qirollik, shuningdek, “radioaktiv chiqindilarni utillashtirish masalasini hal qilishda eng yuqori standartlarga amal qilishni o‘z zimmasiga olgan”.
Ayni vaqtda Saudiya Arabistoni ikkita blokdan iborat birinchi atom stansiyasi qurilishi uchun tanlov e'lon qilgan. Bu stansiya qurilishi uchun shartnoma 2018 yil oxirigacha imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025