Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Skripalning zaharlanishiga Rossiya aloqadorligi bo‘yicha rad etib bo‘lmaydigan dalillar bor – Britaniya
Buyuk Britaniya GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishi ortida Rossiya turganiga oid rad etib bo‘lmaydigan dalillarga ega. Bu haqda Britaniya TIV rahbari Boris Jonson ma'lum qildi.
«Qo‘rqamanki, bizda bu Rossiya ekaniga doir rad etib bo‘lmaydigan dalillar bor. Ruslarning istehzo aralash gapirayotgan gapi ham asosiy ayb ularda ekanidan dalolat beradi», - deya aytib o‘tdi u BBC efirida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Rossiya Skripalning zaharlanishiga aloqador ekanini rad etgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, bu mavzu «Kreml masalasi emas», sababi Skripal Britaniya maxsus xizmatlaridan biriga ishlagan hamda Buyuk Britaniya hududida zaharlangan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025