Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda qimmatbaho mashinalar buldozerlar bilan yanchib tashlandi
Filippin hukumati “Kontrabanda transport vositalarini namoyishkorona yo‘q qilish” dasturi doirasida premium-sinfdagi 14 ta qimmatbaho mashinani temir-tersakka aylantirdi. Mashinalar Portu Ayrinda buldozer bilan yanchib tashlandi.
Yo‘q qilingan mashinalar orasida Maserati Quattroporte, BMW B12 Alpina, Porsche 911 GT3, BMW Z1, Opel Manta, Renault R5 va Mercedes-Benz G-Class modellari bo‘lgan.
Avtomobillar mamlakatga Koreya va Yaponiyadan 2014 yilda olib kirilgan. Ularning umumiy qiymati 27 mln Filippin pesosini (500 ming AQSh dollariga yaqin) tashkil qilgan.
Bu qimmatbaho mashinalardan keyin yana 841 transport vositasi buldozer ostiga tushgan.
Joriy fevralda Filippin bojxona nazorati byurosining 116 yilligi nishonlanishi vaqtida hukumat 1,2 mln dollarlik mashinalarni yo‘q qilgan. Mamlakat prezidenti Rodrigo Duterte buyrug‘i bilan yo‘q qilingan mashinalar temir-tersak yig‘uvchilarga topshirilgan.
Mavzuga oid
18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi
22:37 / 08.04.2025