Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV akademik litseylariga o‘qishga kirayotganlar ikki bosqichda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘qishga kirayotgan o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Nizomga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘qishga kirayotgan o‘quvchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining tibbiyot bo‘limlaridagi harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
O‘quvchilar tibbiy ko‘rikdan ikki bosqichda, birlamchi va yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi:
birlamchi tibbiy ko‘rikda o‘quvchining shikoyatlari, sog‘lig‘i holati haqidagi ambulator bemorning tibbiy kartasi, o‘quvchi va uning ota-onasi haqidagi asosiy ma'lumotlar (kasalliklari, jarohatlari, rivojlanishi, fe'l va xulq-atvori) o‘rganiladi;
yakuniy tibbiy ko‘rik o‘quvchining sog‘lig‘ida birlamchi tibbiy ko‘rikdan keyingi o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Harbiy-tibbiy komissiyalar o‘quvchining salomatligi to‘g‘risidagi barcha zarur ma'lumotlar va uning jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda o‘quvchini o‘qishga yaroqli yoki yaroqsizligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
10:06 / 21.04.2025