Jahon | 08:42 / 17.03.2018
5177
1 daqiqa o‘qiladi

Afrindagi shifoxonaga aviazarba berildi, Turkiya buni rad etmoqda

Foto: Khalil Ashawi/Reuters

Turkiya harbiy-havo kuchlari Suriyaning Afrinidagi shifoxonaga aviazarba berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Ushbu aviazarba oqibatida oddiy aholi vakillaridan 16 nafari halok bo‘ldi, deb ma'lum qilgan SANA agentligi. Qurbonlar orasida bolalar ham borligi aytilyapti. Shuningdek, bombardimon oqibatida o‘nlab jabrlanganlar haqida xabar qilingan. Shifoxona direktorining so‘zlariga ko‘ra, yetkazilgan zarar tufayli muassasa bemorlar uchun yopib qo‘yilgan.

Shu bilan birga, Turkiya Qurolli kuchlari bosh shtabining tvitterdagi sahifasida xabar berishicha, Afrindagi shifoxonaga hech qanday aviazarba berilmagan.

«Turk qurolli kuchlari tomonidan Afrindagi shifoxonalar bombardimon qilingani haqidagi xabar haqiqatdan yiroq», - deyiladi xabar matnida.

Turkiya bosh shtabidan ta'kidlashlaricha, Suriyada «Zaytun novdasi» amaliyoti oddiy aholiga zarar keltirmagan holda o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid