Jahon | 18:28 / 17.03.2018
4234
1 daqiqa o‘qiladi

YeI Lotin Amerikasi davlatlariga 31 mln yevro ajratdi

Foto: Reuters

Yevrokomissiya Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlariga 31 mln yevro miqdorida insonparvarlik yordami taqdim etilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda YeK xabarida aytiladi.

Ta'kidlanishicha, bu haqda insonparvarlik yordami va inqirozli holatlarni boshqarish bo‘yicha yevrokomissar Xristos Stilianidis Kolumbiyaga tashrifi davomida aytib o‘tgan.

«YeIning bugungi kundagi ustuvor maqsadlaridan biri – Lotin Amerikasini yanada kuchliroq qo‘llab-quvvatlash. Bu yerda, Kolumbiyada, bizning moliyaviy ko‘magimiz ikki maqsadga erishish uchun xizmat qilishi lozim: mamlakatdagi ko‘p yillik mojaro sabab yuzaga kelgan gumanitar talafotlarni bartaraf etish hamda mintaqaning tabiiy ofatlarga tayyorligi darajasini oshirish», - deya aytib o‘tgan u.

Stilianidisning qayd etishicha, Venesuelada ham inqirozdan jabr ko‘rganlarni qo‘llab-quvvatlash YeI ustuvor vazifalaridan biri sanaladi.

Mavzuga oid