«Fransiyalik Spaydermen» Parijdagi eng baland binolardan biriga ko‘tarildi
«Fransiyalik Spaydermen» nomi bilan tanilgan Alen Robert 15 mart kuni 187 metr balandlikka ega Tour Total osmono‘par minorasiga hech qanday xavfsizlik vositalarisiz ko‘tarildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Avvalroq 55 yoshli fransuz Tour Total’ga chiqishga harakat qilib ko‘rgan, biroq unga qo‘riqlash xizmati xalaqit bergandi. Bu safar esa u tegishli xodimlarning e'tiborini chalg‘itishga muvaffaq bo‘ldi. Robert bino tepasiga chiqish uchun hammasi bo‘lib bir soat vaqt sarfladi.
«Men uchun alpinizm – bu ehtiros, hayot tarzi», - deya «fransiyalik Spaydermen»ning so‘zlarini keltiradi nashr.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Robert baland binolarga ko‘tarilishni 11 yil muqaddam boshlagan. O‘tgan vaqt davomida u butun dunyo bo‘ylab 150dan ortiq osmono‘par inshootga chiqqan. Ular orasida Dubaydagi Burj-Halifa, Eyfel minorasi hamda Sidney opera teatri bor.
Mavzuga oid
09:30 / 25.10.2024
Livanga yordam berish uchun Parijda taxminan 1 mlrd yevro yig‘ildi
22:36 / 24.10.2024
Parijdagi Notr-Dam soboriga kirish pulli bo‘ladi
09:30 / 09.09.2024
Parijda Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi. Xitoy birinchi, O‘zbekiston - 13-o‘rinda
08:40 / 29.08.2024