Sport | 20:39 / 17.03.2018
14917
2 daqiqa o‘qiladi

“Oser” futbolchilari bir-birlari bilan urishib ketganlari uchun maydondan chetlatildilar (video)

Foto: Global Look Press

Fransiyaning futbol bo‘yicha 2-ligasidan o‘rin olgan “Keviyi – Ruen” va “Oser” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda “Oser” futbolchilari Mikael Barreto va Per-Iv Poloma bir-birlari bilan urishib ketishdi.

Uchrashuvning 80-daqiqasida, hisob “Keviyi – Ruen” foydasiga 3:1 bo‘lganda Barreto jamoadoshi Polomaning ko‘kragiga musht tushiradi. Oqibatda ular o‘rtasida janjal chiqib, ularni ikki jamoa futbolchilari ham ajratishga tushishadi. Shundan keyin uchrashuv hakami ikki futbolchini ham maydon chetlatishga qaror qildi.

“Keviyi – Ruen” futbolchilari ko‘pchilik bo‘lganlaridan foydalanib, qolgan vaqt ichida yana bir to‘p urishga muvaffaq bo‘lishdi.

Mavzuga oid