Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» bannerlari respublikamiz ko‘chalarida
O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturiga start berildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov KUN.UZ'ga shu haqida ma'lum qildi.
Qo‘mita raisining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning har bir shahrida o‘rtacha hisobda 100 tadan "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturini targ‘ib qiluvchi bannerlar joylashtiriladi.
Masalan, Samarqandda - Xivaga, Xivada - Samarqandga yoki Toshkentga, vodiyda - Qoraqalpog‘istonga yoki Buxoroga sayohat qilishga chorlovchi bannerlar osilmoqda.





Bannerlar dizayni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Bundan avval O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi yirik shaharlari va viloyatlar markazlarida Qozog‘istonga sayohat qilishga chorlovchi bannerlar joylashtirilishi hamda Qozog‘istonning yirik shaharlari markazlarida ham O‘zbekistonga sayohat qilishga undovchi bannerlar joylashtirilayotganiga doir xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025