Iqtisodiyot | 15:00 / 18.03.2018
7213
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada naqd pullar yo‘qligi sabab muqobil valyutalar paydo bo‘lmoqda

Foto: Schneyder Mendoza/Getty Images

Venesuela parlamenti deputati Xose Gerra Apura shtatidagi Elorsa shahri aholi punktiga nomdosh valyutasini ishlab chiqargani haqida ma'lum qildi. 

"Naqd pullar bilan bog‘liq inqiroz sabab mahalliy valyutalar muomalaga kiritila boshladi. Mana — Apur shtatidagi Elorsa shahri "elorsa" valyutasini muomalaga kiritdi. Giperinflyatsiya va naqd pullar yetishmovchiligi "mini-markaziy banklar"ning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda", - dedi Gerra.

Bundan avval Venesuelada to‘plangan inflyatsiya darajasi 2017 yilning fevralidan 2018 yilning fevraliga qadar 6000 foizdan ko‘proqqa oshgani haqida ma'lum qilingan edi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid