O‘zbekiston Rossiyaning aviaqatnovlar bo‘yicha taklifini qabul qilmadi
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Aviatsion hukumati joriy yilning 28 fevral-1 mart kunlari Toshkent shahrida fuqarolik aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikning keyingi rivojiga doir masalalarni muhokama qilish uchun uchrashishdi. "Rosaviatsiya" saytida ma'lum qilinishicha, uchrashuvlar iliq va do‘stona muhitda o‘tgan. Tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi havo qatnovlari masalalarini muhokama qilib, keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashishgan.
1. Rossiya tomon ikki mamlakat o‘rtasida amalga oshirilayotgan reyslar soniga nisbatan xavotirini bildirgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2014 yildan buyon O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar deyarli ikki baravarga kamaygan. Rossiya parvozlarning tijoriy huquqlarini kengaytirishga qiziqish bildirgan.
O‘zbekiston tomoni Rossiya tashuvchilariga parvozlar dasturlarini tasdiqlashda va o‘z aeroportlarida ustuvorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha slotlar (Slot - aeroportda reysga ajratilgan vaqt) taqdim etishda yordam berishiga ishontirgan.
2. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi havo qatnovlarini kelgusida kengaytirish maqsadida Rossiya tomoni tegishli rossiyalik tashuvchilarga chastotalarni erkin tanlash huquqi taqdim etilishini taklif qildi.
O‘zbekiston tomoni birinchi bosqich sifatida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi kelishuvli liniyalardagi parvozlar sonini aniqlab olish zarurligini ta'kidladi.
Rossiya tomoni O‘zbekistonning bu taklifi Rossiya aviatransport kompleksi manfaatlari va ikki mamlakat o‘rtasidagi havo qatnovlarini rivojlantirish ruhiga nomuvofiqligini qayd etgan.
3. Rossiya tomoni 1994 yil 2 martdagi RF va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi kelishuvlarning Yo‘nalishlar jadvaliga Jukovskiy va Anapa punktlarini ham kiritishni taklif qildi.
O‘zbekiston tomoni umuman olganda Anapaning yo‘nalishlar jadvaliga kiritilishiga qarshi emasligini qayd etgan. Biroq Jukovskiy yo‘nalishini Kelishuvga qo‘shishga hali erta deb hisoblagan.
O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni yo‘nalishlar jadvaliga Sochi va Vladivostok punktlari kiritilishiga qiziqish bildirgan.
Rossiya tomoni O‘zbekiston Anapa va Jukovskiy punktlarini Kelishuvga qo‘shishga rozi bo‘lgan taqdirda, Sochi va Vladivostok punktlarini jadvalga kiritishga tayyor ekanini bildirgan.
Tomonlar yuqorida qayd etilgan va boshqa qator masalalarni muzokaralarning keyingi bosqichida muhokama qilishni davom ettirishga kelishib olishgan.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:59 / 26.10.2024