Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosniya va Gertsegovina Yevroittifoqqa kirishga qat'iy bel bog‘ladi
Bosniya va Gertsegovina prezidiumi a'zosi Dragan Chovichning ishonch bildirishicha, mamlakat 2025 yilda Yevroittifoqqa kiradi.
Chovich hamda Bosniya va Gertsegovina vazirlar kengashi raisi Denis Zvizdich fevral oxirida Yevropa komissiyasi rahbari Jan-Klod Yunkerga rasmiy Bryussel anketasiga javoblarni taqdim etdi. YeKning 3,2 ming savoli bo‘lgan hamda asosan komissiya nomzod maqomiga murojaat qilgan davlatning integratsiyaga tayyor ekanini baholovchi anketani Bosniya va Gertsegovina hukumati 2016 yilning dekabrida oldi.
"Ishonchim komilki, biz Serbiya va Chernogoriya bilan YeIga kiramiz", - deya Chovichning so‘zlarini keltiradi Tanyug agentligi. Shu bilan birga, mamlakat prezidiumi a'zosi 2025 yilni nazarda tutganini aytib o‘tdi.
"Aminmanki, Bosniya va Gertsegovina joriy yil oxiriga qadar Yevroittifoqqa a'zolik nomzodi maqomini qo‘lga kiritadi", - deya siyosatchining so‘zlarini keltiradi agentlik.
Mavzuga oid
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
09:11 / 23.05.2025
Ukraina Yevroittifoqqa qurolli kuchlarini bevosita moliyalashtirishni taklif qildi
13:45 / 21.05.2025
Isroilga iqtisodiy bosim: Yevroittifoq savdo imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqadi. Britaniya erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi
09:26 / 17.04.2025