Sport | 21:40 / 20.03.2018
5522
1 daqiqa o‘qiladi

Chex Chexiyaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lolmadi

Germaniyaning «Herta» klubi yarimhimoyachisi Vladimir Darida Chexiyaning 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Sovrin uchun kurashda 27 yoshli futbolchi «Arsenal» darvozaboni Petr Chexdan 109 ball ko‘proq jamg‘arib, uni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Eslatib o‘tamiz, Petr Chex shu paytgacha 9 marta Chexiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid