Jahon | 08:47 / 20.03.2018
20716
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyalik fotosuratchi jarohatlangan bolani qutqarayotgan hamkasbi surati uchun 120 ming dollar oldi

Suriyalik fotojurnalist Muhammad Alrag‘ib Hamdan International Photography Award xalqaro fotosuratlar tanlovida 120 ming dollar miqdorida Gran-prini yutib oldi. Fotosuratchi bolani portlashdan so‘ng qutqarib olishga harakat qilgan boshqa bir jurnalist Abd Alqodir Habakning surati tufayli mukofotga loyiq topildi.

Foto: Muhammad Alrag‘ib

Fotosuratda aks etgan voqealar G‘arbiy Halabda 2017 yilning aprelida ro‘y bergan. Alrag‘ib va Habak odamlarni tinch yo‘lakdan o‘tishayotganini suratga olishayotgan bo‘lgan. Shunda fotosuratchilarga yaqin bo‘lgan yerda portlash sodir bo‘ladi, Habak jarohat olganlarga yordam berishga oshiqadi. Mukofotga loyiq topilgan suratda fotojurnalist portlatib yuborilgan avtomobildan qo‘llarida jarohatlangan bola bilan uzoqlashishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin.

«Bu dahshatli edi: bolalar tinmay yig‘lashardi va bizning ko‘z o‘ngimizda hayotdan ko‘z yumishardi. Shuning uchun hamkasblarim bilan kameralarni chetga qo‘yib, jarohatlanganlarni qutqarishga harakat qildik», - deydi Habak.

Foto: Muhammad Alrag‘ib

Habak jarohat olgan bolaga yordam berishga oshiqqan. Kimdir fotojurnalistga bola o‘lib bo‘lganini aytgan, biroq Habak to‘xtamadi – u bola kuchsiz bo‘lsada, hali nafas olayotganini ko‘radi.

«Men shuni aytmoqchimanki, Alqodir Habak – suriyalik haqiqiy inqilobchi, insonparvar, qat'iy va yordamga muhtojlarga hamisha ko‘mak berishga tayyor», - deya aytib o‘tgan o‘z hamkasbi haqida Alrag‘ib.

Foto: Muhammad Alrag‘ib

Mavzuga oid