O‘zbekiston | 10:40 / 20.03.2018
44760
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda huquq faoli G‘aybullo Jalilov ozod etildi

Foto: Arxiv foto

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati faoli G‘aybullo Jalilov ozod etildi. AQSh elchixonasi bu borada tegishli bayonot bilan chiqqan.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolik jamiyati faoli G‘aybullo Jalilovning ozod etilishini olqishlaydi. 2009 yili xavfsizlikka aloqador masala va ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotga a'zolikda ayblanib, ozodlikdan mahrum etilgan Jalilov doim aybsiz ekanini aytib kelgan. 

2013 yili, BMTning Hibsga olish va ushlab turish bo‘yicha ishchi guruhi Jalilovni ozod etishga chaqirgandi. Qo‘shma Shtatlar bu qarorni hamda sud tizimida oshkoralikni kuchaytirish va barcha fuqarolar uchun qonunga muvofiq adolatli munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi”, - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2007 yilda qamalgan andijonlik huquq himoyachisi Isroil Xoldorov va 1999 yilda qamalgan jurnalist Yusuf Ro‘zimurodov ozod etilgandi.

Mavzuga oid