Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayol hamkasbi lavozimda ko‘tarilgani uchun avstriyalik katta miqdorda kompensatsiya oladi
Avstriya sudi transport vazirligi xodimi Piter Frantsmayyerni u ko‘zlagan yuqoriroq lavozimga ayol kishi tayinlangani uchun gender diskriminatsiyaga uchragan deb topdi. Bu haqda tjournal.ru xabar bermoqda.
2011 yilda Frantsmayyer transport vazirligida yuqoriroq lavozimga o‘tkazilmagan, u ko‘zlagan joyga Ursula Zenxer o‘tirgandi. Shikoyatchining ta'kidlashicha, uning malakasini Zenxernikiga nisbatan 0,25 foizga ko‘proq baholashgan.
Federal ma'muriy sud «avval boshdan boshqa nomzodlarga nisbatan Zenxer nomzodiga ko‘proq e'tibor qaratilgani»ni aniqlagan. Sud qaroriga ko‘ra Frantsmayyer davlatdan 390 ming dollarga yaqin (300 ming yevro) pul oladi — bunga agar lavozimi oshganda maoshlar o‘rtasidagi farq, shuningdek, ma'naviy zarar uchun tovon puli kiradi.
Ushbu mojaro yuz bergan paytda transport vaziri bo‘lib ishlab turgan Doris Bryus xonim barchasi qonun doirasida bajarilganini ta'kidlab kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha nomzodlarni maxsus komissiya baholagan, biroq yakuniy qarorga «ayollarning ommaviy yetishmasligi» tufayli kelishganini tan olgan.
Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi
01:33 / 05.04.2025